1

Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Madaniyat 12.07.2021, 14:39
Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda

O`zbekiston kinematografiya agentligi va Rossiya madaniyat vazirligi vakillari o`rtasida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkentda filialini ochish masalasiga bag`ishlangan videomuloqot bo`lib o`tdi. 

Unda Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, agentlik jamoatchilik kengashi rais o`rinbosari Botir Bazarbaev, Ijro apparati rahbari Eldar Yuldashev, Rossiya tomondan Madaniyat vazirligi boshqaruv loyihasi va ta`limi, dinni rivojlantirish Departamenti bo`limi boshlig`i Elena Bayramova, Departament bosh maslahatchisi Mariya Sanina, Madanriyat vaziri o`rinbosari Olga Yarilova va boshqalar ishtirok etishdi.

Videomuloqotda institut filialini ochish, kadrlar tayyorlash, prodyuserlik, dramaturgiya yo`nalishlarini tashkil etish, o`quv davrini moddiy texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, moliyaviy xarajatlar, pedagoglar salohiyati va metodik ta`limni rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi.  

Endilikda muntazam ravishda muloqotlar o`tkazish, qisqa fursat ichida Kinematografiya agentligi qoshida filial ochish va tashkiliy jarayonlarni tezlashtirish kelishib olindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1