AsosiyDunyo

Hindistonda chaqmoq odamlar o`limiga sabab bo`lmoqda

'Hindistonda chaqmoq odamlar o`limiga sabab bo`lmoqda'ning rasmi

Hindistonda 16 kishi selfi qilayotgan vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha,  11 kishi XII asrga tegishli Fort Amer minorasi ustida selfi tushayotgan vaqtda chaqmoq urib, halok bo`lgan.  Hodisa yuz bergan vaqtda minora usti va devorida 27 kishi bo`lgan. Ba`zilar esa chaqmoq chaqqan payt erga sakragan. 

Polisiya xodimining jurnalistlarga xabar berishicha, halok bo`lganlarning ko`pchiligi yoshlar bo`lgan. Shuningdek, kecha, 11 iyul Jaypurda joylashgan Rojistonda ham chaqmoq chaqishi oqibatida 9 kishi vafot etgan. 

Xabarga ko`ra, Hindiston Bosh vaziri Ashok Gehlot ushbu hodisa oqibatida vafot etganlarning oilasiga 500 ming rupiya (6700 dollar) miqdorida kompensasiya ajratgan. 

Ma`lumot o`rnida aytish joizki, har yili chaqmoq urishi oqibatida ikki mingga yaqin hind halok bo`ladi. 

Uttar-Pradesh shtatining bir nechta tumanlarida kamida 41 kishi - asosan ayollar va bolalar halok bo`lgan. 14 ta eng yuqori o`lim Ollohobod shahrida (Prayagraj nomi bilan ham tanilgan) qayd etilgan.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, qurbonlar soni ikki shtatda juda ko`p, chunki ko`pchilik odamlar ochiq havoda qishloq xo`jaligi va qurilishda ishlaydi.

Hindiston meteorologiya boshqarmasining ma`lum qilishicha, mamlakatda 1960 yillardan hozirgacha bo`lgan davrda chaqmoq urishi oqibatida o`limlar soni ikki barobarga ko`paygan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar