AsosiyJamiyat

O`zbekistonga 150 ga yaqin afg`on harbiylari noqonuniy o`tgani aytildi

'O`zbekistonga 150 ga yaqin afg`on harbiylari noqonuniy o`tgani aytildi'ning rasmi

Bu haqda  prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o`tkazilayotgan brifingda ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 23 iyunidan boshlab Afg`oniston qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari tomonidan O`zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o`tishga 4 marta urinish bo`ldi. Natijada, jami 150ga yaqin afg`on harbiy xizmatchilari qo`lga olinib, ularning barchasi o`rnatilgan tartibda o`z vataniga qaytarildi. Shu borada ta`kidlash joizki, O`zbekiston kelgusida ham o`z hududiga noqonuniy kirish holatlariga yo`l qo`ymaydi.

"O`zbekiston Afg`onistonda kuchayib borayotgan zo`ravonliklardan xavotirda va qarama-qarshi kurashayotgan tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga chaqiradi",–deydi Sherzod Asadov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar