1

O`zbekiston san`atining durdona asarlariga bag`ishlangan noyob albom chop etiladi

Madaniyat 13.07.2021, 14:49
O`zbekiston san`atining durdona asarlariga bag`ishlangan noyob albom chop etiladi

O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyati keramika, metallga badiiy ishlov berish, badiiy to`qimachilik va tasviriy san`atga bag`ishlangan albomlarni birlashtirgan "O`zbekiston san`atining durdona asarlari" nomli to`plamini taqdim etadi.

Har bir albomda turli muzeylar va shaxsiy to`plamlarda saqlanayotgan san`at asarlari, loyiha arxividan tanlangan ajoyib fotosuratlar jamlangan. Madaniy merosning boyligi san`atshunoslarning aniq va ravshan matnlarida ochib berilgan, mavzularning har biri chuqur o`rganilgan, ularning har biri uchun tasvirlanayotgan mavzu sevimli va qadrli hisoblanadi.

Albom O`zbekiston tasviriy san`ati rivojlanishining asosiy bosqichlariga bag`ishlangan uchta keng ko`lamli tematik bo`limlardan iborat. U an`anaviylik va yangilikning noodatiy kombinasiyasi bilan tomoshabinni hayratga soladigan yorqin hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Nashr xorijlik o`quvchilarga mamlakatimizdagi zamonaviy san`atning o`ziga xos xususiyati to`g`risida tasavvurga ega bo`lishga yordam beradi. Albomda so`nggi yuz yil ichida yaratilgan, hozirgi kunda turli muzeylar va shaxsiy to`plamlarda saqlanayotgan mashhur va noma`lum rassomlik, grafika va haykaltaroshlik asarlari namoyish etilgan.

"O`zbekiston san`atining durdona asarlari" turkum albomlarining taqdimoti 2021 yil sentyabr oyida bo`lib o`tadigan O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyatining 5-yubiley kongressida bo`lib o`tadi.

"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining tadqiqot tashabbuslari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. "Eriell Group" xalqaro neft xizmati kompaniyasi dunyo miqyosida loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berib kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1