AsosiyJinoyat

Namanganda 23 yoshli yigit shifokor ayolning yuziga kislota sepdi

'Namanganda 23 yoshli yigit shifokor ayolning yuziga kislota sepdi'ning rasmi

2021 yil 9 iyul kuni soat 23:22 da, Namangan viloyati IIB 102-tizimi operatoriga xabar kelib tushgan.

 Unga ko`ra, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan ayol shu kuni soat 22:30 larda, xususiy shifoxonada navbatchilik qilib turgan vaqtida, «Murodjon» ismli tanishi u bilan ko`rishib gaplashib olish maqsadida kelganida, uni ixtiyoriy ravishda xususiy shifoxonaga olib kirib, o`zaro gaplashib o`tirgan vaqtida uni bo`g`ib, pul yoki boshqa moddiy qimmatlikdaki buyumlarni berishni talab qilib, yuz qismiga polietilen idishda bo`lgan suyuqlikni sepib, bo`ynida bo`lgan narxi 3.000.000 so`mlik zanjir, qulog`ida bo`lgan narxi 4.500.000 so`mlik zirak hamda narxi 4.500.000 so`mlik “Huawei” rusumli uyali telefonni bosqinchilik yo`li bilan olib, hodisa joyidan noma`lum tomonga yashiringan.

RShTYoIM Namangan filialining dastlabki ma`lumotnomasida, ayolni badanida chap ko`z, og`iz lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari borligi ko`rsatilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB xodimlari, viloyat IIB JQB, va Namangan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida jinoyatni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan N.M sodir etganligi aniqlanib, jabrlanuvchi tomonidan tanib olingan hamda daliliy ashyo: ayollar zanjiri, zirak va “Huawei” rusumli uyali telefon apparati olingan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar