AsosiyJamiyat

O`zbekistonga 90 ming dоzalik "Sputnik V" vaksinasi olib kelindi

'O`zbekistonga 90 ming dоzalik "Sputnik V" vaksinasi olib kelindi'ning rasmi

SSV ning ma`lum qilishicha, bugun tunda yurtimizga Rossiyadan "Sputnik V" vaksinasining  70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi.  

Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).  

1 iyun "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi kuni 70 ming dozalik 1-komponenti;

10 iyunda  70 ming dozalik 2-komponenti;

5 iyul kuni esa 40 dozalik 1-komponenti keltirilgan edi.  

 

Shunday qilib, O`zbekistondagi  "Sputnik V" vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga etgan.  

Jami vaksina zaxirasi 7 million 530 ming dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 660 ming dozasi AstraZeneca, 6,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.

14-iyul holatiga ko`ra, 5 million 275 ming doza vaksina emlash jarayonlarida qo`llanilgan.

Boshqa yangiliklar