AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi

'O`zbekiston Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi do`stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Vazir Van I davlat rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi. O`zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo bog`liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi yuksak baholandi va qo`llab-quvvatlandi, Toshkent shahrida o`tkaziladigan konferensiya muvaffaqiyatli bo`lishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalar va ko`p qirrali hamkorlikning boshqa yo`nalishlarida qo`shma dastur va loyihalarni ilgari surish masalalariga e`tibor qaratilib, pandemiyaga qarshi kurashda yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta`kidlandi.

Shuningdek,  Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.

Boshqa yangiliklar