AsosiySiyosat

UNESCO bosh direktorining ta`lim ishlari o`rinbosari va ta`lim sektori Ijroiya idorasi rahbari Toshkentdagi Prezident maktabida bo`lishdi

'UNESCO bosh direktorining ta`lim ishlari o`rinbosari  va  ta`lim sektori Ijroiya idorasi rahbari Toshkentdagi Prezident maktabida bo`lishdi'ning rasmi

Toshkent shahrida  bo`lib o`tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan UNESCO Bosh direktorining ta`lim ishlari bo`yicha o`rinbosari  Stefaniya Janini  va  ta`lim sektori Ijroiya idorasi rahbari Astrid Gillette Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo`lishdi.  

 

Ularga UNESCO bo`yicha Milliy komissiya bosh kotibi va Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi direktori Gayane Umerova va Tashqi ishlar vazirligi bo`lim boshlig`i Nabijon Quvondiqov hamrohlik qilishgan.  

 

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik rahbari o`rinbosari va vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida »Yangi O`zbekiston" Universitetining tashkil etilgani Prezident maktablari loyihasining mantiqiy davomi sifatida ta`limda uzviylikni ta`minlashi UNESCO vakillari tomonidan alohida ta`kidlandi.

 

Boshqa yangiliklar