1

Toshkent vokzali yaqinidagi YTHda Captiva ag`darilib ketdi(Foto)

Jamiyat 23.03.2016, 14:26
Teglar: Avto
Toshkent vokzali yaqinidagi YTHda Captiva ag`darilib ketdi(Foto)

Toshkent shahri Shimoliy vokzal yaqinida, 94-umum ta`lim maktabi yonida ikki avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari xabar berdi.

Guruhga joylangan suratlarda Captiva avtomobilining ag`darilib ketganini ko`rish mumkin. Nissan Altima esa yo`l chetidagi svetofor ustuniga kelib urilgan. YTH oqibatida har ikkala mashina ham jiddiy zarar ko`rgan.  Suratlarda voqea joyiga YPX xodimlari etib kelganini ko`rish mumkin. 

Izohlarda guruh ishtirokchilari yo`l-transport hodisasi katta tezlikda avtomobilni boshqarish oqibatida kelib chiqqanini taxmin qilmoqda.  Shuningdek, foydalanuvchilar mazkur hududda deyarli har doim YPX xodimlari turishi, ammo ayrim haydovchilar hatto bunga ham e`tibor bermay tezlikni oshirishlarini aytib o`tishgan.

Ma`lumotlarga ko`ra,Captiva katta tezlikda kelayotgan bo`lgan va Nissan Altima`ni ko`rmay qolgan. Nissan Altima`ni ayol kishi boshqarib ketayotgan bo`lgan. Uning ichida bolalar ham bo`lgani aytilmoqda. 

Yo`l-transport hodisasi oqibatida hech kim jiddiy jarohatlanmagan. Voqea guvohlarining biri hamma sog`-omon ekanligini bildirgan. 

Sharhlar

FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
​QULAGAN DARAXTLAR VA UChGAN TOMLAR: ShIDDATLI ShAMOLNING OQIBATLARI (FOTO, VIDEO)

18.10.2017, 12:10

Kuni kecha soat chamasi 22:00 larda O`zbekiston hududiga kirib kelgan antisiklon orqasidan shiddatli shamol, yomg`ir va sezilarli sovuq harorat olib kirdi. Kuchli shamol poytaxtlik avtomobilchilarga...
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
​ TOShKENTDA MOTOSIKLNING KAMAZGA BORIB URILIShI OQIBATIDA YoSh YIGIT HALOK BO`LDI(FOTO)

28.08.2017, 11:35

Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida oqibati o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Facebook`ning "Voditeli tashkenta" guruhida ma`lum qilinishicha, "Botkino" yaqinidagi yo`lda KamAz yuk mashinasi va motosikl...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1