Bu haqda “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so`zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoev ma`lum qildi.
"Bizning bugungi anjumanimiz yangi O`zbekistonning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog`liq muhim tarixiy davrda bo`lib o`tmoqda. Biz jamiyatimizning barcha sohalarida tizimli va tub demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqdamiz. Bu o`zgarishlar keng ko`lamli va ortga qaytmaydigan muqarrar tus oldi. Bu – xalqimizning prinsipial tanlovidir. Markaziy Osiyo mintaqasida – Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilgan tub o`zgarishlar O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy yutug`idir. Umumiy sa`y-harakatlarimiz natijasida mintaqamizda o`zaro ishonch va bir-birini qo`llab-quvvatlash ruhiga asoslangan mutlaqo yangi muhit shakllandi. Biz rivojlanish drayverlari hamda “yangi o`sish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash va muntazam muloqotlar uchun samarali maydon yaratdik. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini avgust oyi boshida Turkmanistonda o`tkazishni rejalashtirganmiz", - dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoev O`zbekiston konstruktiv va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doimo tayyor bo`lgan ishonchli va barqaror, qat`iy pozisiyaga ega sherik ekanligini alohida ta`kidladi.
Mavzuga oid:






