Bugungi Xalqaro konferensiyada prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan berilgan takliflar ichida eng ahamiyatlilaridan biri – bu mintaqalarimiz hududida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash masalasining ko`tarilishi bo`ldi.
“So`nggi vaqtda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxi jadal o`sib borayotgani, dunyoning ba`zi mintaqalarida aholi keskin oziq-ovqat taqchilligini boshidan kechirayotgani kuzatilmoqda. Bunday tahdidlarni bartaraf etish bo`yicha Dastur ishlab chiqish uchun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) shafeligida mamlakatlarimiz qishloq xo`jaligi vazirlarining uchrashuvini o`tkazishni taklif etamiz”, - dedi davlatimiz rahbari.
Mazkur hujjatda:
- ishlab chiqarish kooperasiyalariga oid loyihalarni amalga oshirish;
- ilg`or texnologiyalarni tatbiq etish;
- qo`shma loyihalarni tayyorlash va tegishli tadqiqotlar o`tkazish kabi vazifalarni nazarda tutishi zarur ekanligi ta`kidlandi.
Mavzuga oid:






