“UzAuto Motors” kompaniyasida boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o`zgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgan.
Investisiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi ushbu platforma asosida, bir nechta modellarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi.
Birinchi bosqichda Chevrolet Onix hamda Tracker modellari.
Chevrolet Onix va Tracker modellarini o`zlashtirish doirasida ishlab chiqarish imkonini beradigan o`rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning 15 iyul sanasidan – 21 avgust sanasigacha rejalashtirilgan.
Ma`lumot o`rnida, Chevrolet Onix va Tracker bitta platformada yig`iladi.
Yangi platformani joriy etish dasturi, yangi ishlab chiqarish tizimiga o`tishni, avtomobillar qismlarini mahalliylashtirilish va moslashtirishga imkon beradi.
«UzAuto Motors» ning Asaka shahridagi zavodida yangi platformani joriy etish dasturini amalga oshirish uchun qo`shimcha tarzda yana 500 nafarga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilingan.
"UzAuto Motors" tayyor mahsulotni etkazib berish bo`yicha barcha shartnoma majburiyatlarini o`z vaqtida va to`liq bajarilishini ta`minlaydi. Rejalashtirilgan modernizasiya ishlari oldindan tuzilgan transport vositalarini etkazib berish jadvaliga ta`sir qilmaydi",–deyiladi xabarda.