1

Samarqandlik fuqaro yarim kechasi QVPda shifokorlarni kaltakladi

Jamiyat 16.07.2021, 19:18
Samarqandlik fuqaro yarim kechasi QVPda shifokorlarni kaltakladi

Pastdarg`omda shifokorni kaltaklanganlik holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

15 iyul kuni 23:00 larda Pastdarg`om tumani “Qo`shquduq” mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punktiga, shu mahallada yashovchi 1978 yilda tug`ilgan X.M. kelib, navbatchi shifokorga farzandini davolashga kelmaganligini aytib, shifokor T.F. va navbatchi feldsher N.I. larni urib tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1