1

Yulduz Usmonova sudi bo'yicha rasmiy bayonot berildi

Jamiyat 16.07.2021, 19:50
Yulduz Usmonova sudi bo'yicha rasmiy bayonot berildi

15 iyun kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining ish yurituviga da`vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichning javobgar Usmanova Yulduz Ibragimovnaga nisbatan sha`n-qadr qimmatga etkazilgan zararni qoplash to`g`risidagi arizasi kelib tushgan. Vaziyatning keyingi tavsilotlari haqida Toshkent shahar sudlarining Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Da`vogar O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmanovaning konsertida:

“Qaraqalpog`iston, sizlar aytishingiz mumkin nimaga Qoraqalpog`iston deb, atta umuman yashash oson emas, lekin O`zbekiston xalqi bag`rining ichidagi “choponi” ichidagi bir xalq...” degan so`zlarni eshitganligi, uning bu so`zlari Qoraqalpog`iston halqini kamsitganligi, “u erlarda oson emas”, deb yomon qilib ko`rsatganligi, “biz ular uchun javobgarmiz”, degan so`zlari bilan ularni ojiz, birovning yordamiga muxtoj xalq sifatida ta`riflaganidan norozi bo`lib, suddan javobgar Usmanova Yulduz Ibragimovnaga Qoraqalpog`iston xalqi va da`vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichdan kechirim so`rash majburiyatini yuklashni so`ragan.  

Sud muhokamasi 7 iyul kuni soat 14:00 ga tayinlangan bo`lib, javobgar Yu.Usmanova sudga o`zining sog`ligi yomonligi sababli ishni ko`rishni keyinga qoldirish to`g`risidagi arizasi bilan murojaat qilgan.

Shunga asosan sud majlisi 2021 yil 16 iyul kuni soat 14:00 ga qoldirilgan, bu haqda taraflar tegishli tartibda ogohlantirilgan.

Mazkur fuqarolik ishi bo`yicha da`vogar D.Tajimuratov fuqarolik ishlari bo`yicha M.Ulug`bek tumanlararo sudiga qo`ng`iroq qilib, samolyot uchmaganligi sabab, FIB tumanlararo Nukus sudi binosida VKA rejimida ishtirok etishi to`g`risida sudga iltimosnoma kiritgani sababli bugun, 16 iyul sanasidagi sud majlisi shu rejimda taraflar ishtirokida ko`rildi.

Dastlab sud tarkibi e`lon qilindi, taraflar e`tiroz bildirmadilar, raddiya keltirilmadi.

VKA rejimidagi sud majlisida da`vogar D.Tajimuratov, javobgar vakili advokat E.Uaydullaeva hamda erkin kuzatuvchilar – Jollibay Beknazarov va Esemurat Esboganov ishtirok etishdi.

Sud majlisida taraflarning shaxsi aniqlandi. Da`vogar javobgar vakilining ishtirok etishiga e`tiroz bildirib, shaxsan Yu.Usmanova qatnashishini so`radi.

Javobgarning vakili advokat yozma iltimosnoma kiritib, ish hujjatlari bilan tanishish va sud muhokamasiga tayyorlanish uchun muhlat berishni so`radi.

Sud o`z joyida ajrim qilib, da`vogarning javobgar vakili ishtirok etishiga yo`l qo`ymaslik to`g`risidagi iltimosnomasini rad etdi.

Sud o`z joyida ajrim qilib, javobgar vakilining ishni keyinga qoldirish iltimosnomasini qanoatlantirdi.

Sud majlisi VKA rejimida ko`rilishi 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga qoldirildi.

Sharhlar

Меҳмонона 19.07.2021, 07:45
Она обязана сама придти суд
Меҳмон 19.07.2021, 06:37
За этим судебным процессам наблюдает вес Каракалпакистан!
Меҳмон 19.07.2021, 05:38
Надоела уже это усманова всех.жаль зря её впустили обратно в страну
Меҳмон 19.07.2021, 05:22
А что а что ей трудно попросить прощения народа каракалпаки
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1