1

Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, harorat esa ko`tariladi

Jamiyat 17.07.2021, 08:05
Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, harorat esa ko`tariladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-37° gacha ko`tariladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorat 33-35° ni tashkil etadi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`li hududlarida kunning ikkinchi yarimida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1