1

Kecha 400 dan ortiq kishida pnevmoniya aniqlandi

Jamiyat 17.07.2021, 10:47
Kecha 400 dan ortiq kishida pnevmoniya aniqlandi

Kecha O`zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 500 nafardan, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 400 nafardan oshdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

2021 yil 16 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118881 (+501) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

33 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

22 nafari Andijon viloyatida,

12 nafari Buxoro viloyatida,

57 nafari Jizzax viloyatida,

17 nafari Qashqadaryo viloyatida,

15 nafari Navoiy viloyatida,

18 nafari Namangan viloyatida,

38 nafari Samarqand viloyatida,

27 nafari Sirdaryo viloyatida,

35 nafari Surxondaryo viloyatida,

44 nafari Farg`ona viloyatida,

17 nafari Xorazm viloyatida,

51 nafari Toshkent viloyatida,

115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 416 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 114 nafar,

Buxoro viloyatida 43 nafar,

Jizzax viloyatida 101 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,

Namangan viloyatida 20 nafar,

Samarqand viloyatida 55 nafar,

Sirdaryo viloyatida 32 nafar,

Farg`ona viloyatida 53 nafar,

Toshkent viloyatida 42 nafar,

Toshkent shahrida 89 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 113825 (+564) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 793 nafarni tashkil qildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1