1

SSV: Yurtimizda koronavirusga qarshi to`liq emlanganlar soni 997 034 nafarga etdi

Jamiyat 17.07.2021, 11:50
SSV:  Yurtimizda koronavirusga qarshi to`liq emlanganlar soni  997 034   nafarga etdi

 16 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 123 255  doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 96 210  nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar  15 168  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar   11 877  nafarni tashkil qildi.

 Ayni kungacha mamlakatimizda jami 5 521 020 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  1. 1-bosqich emlanganlar  3 445 376  nafarni,  
  2. 2-bosqichda emlanganlar 1 520 271  nafarni,
  3. 3-bosqich emlanganlar 555 373  nafarni tashkil qildi.  

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 997 034 nafarni tashkil qilmoqda.

16 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Farg`ona viloyati (19 896 doza),
  • Namangan viloyati (16 686 doza),
  • Samarqand viloyati (12 927  doza) band qildi.  
  • Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
  • Namangan viloyatida 710 809 doza,  
  • Farg`ona viloyatida 706 918 doza,  
  • Andijon viloyatida 618 694  dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1