AsosiyJamiyat

Chipta kassalarida navbatsiz chipta olish imkoniyati kimlarga beriladi?

'Chipta kassalarida navbatsiz chipta olish imkoniyati kimlarga beriladi?'ning rasmi

Chipta kassalarida navbatsiz chipta olish bilan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinganda quyidagilar foydalanadi:

  •  Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch darajadagi Shon-shuhrat, "O`zbekiston Qahramoni", "Sog`lom avlod uchun" ordenlari va "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan shaxslar;
  • urush nogironlari va qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  •  Chernobil AESda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan shaxslar;
  • Oliy Majlis senatorlari va deputatlari;
  •  Ichki ishlar vazirligi xodimlari;
  • "Faxriy temiryo`lchi" nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.

    Boshqa yangiliklar