Davlat test markazining ma`lum qilishicha, ayrim telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur xabar «Kirish imtihonlari karantin sabab sentyabr oyiga qoldiriladigan bo`ldi» sarlavhasi ostida berilishi natijasida ko`plab fuqarolar xabarni to`liq o`qimasdan, oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari sentyabr oyiga qoldirildi degan xulosaga kelishmoqda.
Shu sababli ko`pchilik tomonidan DTMga «Imtihonlar haqiqatdan ham sentyabr oyiga qoldirildimi?», «Nima uchun sentyabr oyiga qoldirildi?» kabi mazmundagi murojaatlar kelib tushmoqda ekan.
DTM shu bo`yicha ma`lum qildiki, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarini o`tkazish muddatlari sentyabr oyiga surilgani yo`q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko`ra avgust oyida o`tkazish rejalashtirilgan.






