Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinganligi haqida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish olib borilganida, tibbiyot birlashmasi xodimlari boshqa hududdagi obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo`yicha Koson tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig`iga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma`muriy jarima qo`llanildi.






