Biroz avval Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig`ilishi yakunlandi. Bu haqda SSV Axborot xizmati rahbari xabar qilmoqda
Unda koronavirus tarqalishining oldini olish, aholining muayyan qatlamini ommaviy vaksinasiyalash ishlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, yig`ilishda joriy yilgi test sinovlarini avgust oyida ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o`tkazish haqida qaror qabul qilindi.
Yana boshqa muhim yangiliklar haqida tez orada ma`lum qilinadi.






