AsosiyJamiyat

Olmazor tumani hokimi vafot etdi

'Olmazor tumani hokimi vafot etdi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov vafot etdi. Bu haqda poytaxt hokimligining taziyanomasi e`lon qilindi. 

Abdumajid Mullajonov joriy yilning yanvar oyida hokimlikka rahbar bo`lgan.  U 1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan.

2019 yildan hokimlikka qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i vazifasida ishlagan.

 darakchi.uz jamoasi marhumning yaqinlariga ta`ziya izhor qiladi. 


 

    Boshqa yangiliklar