AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda koronavirus aniqlanganlarning soni 500 nafardan ortib ketdi. 3 nafar bemor vafot etdi

'Kecha O`zbekistonda koronavirus aniqlanganlarning soni 500 nafardan ortib ketdi. 3 nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

 Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 507 nafar, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 436 nafarga etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qildi.

2021 yil 17 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119388 (+507) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 24 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 55 nafari Jizzax viloyatida,
  • 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 45 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 41 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 38 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 55 nafari Toshkent viloyatida,
  • 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Bundan tashqari, kecha kun davomida 436 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 44 nafar,
  • Andijon viloyatida 51 nafar,
  • Buxoro viloyatida 45 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Namangan viloyatida 35 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 73 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 32 nafar,
  • Xorazm viloyatida 36 nafar,
  • Toshkent viloyatida 47 nafar,
  • Toshkent shahrida 81 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 114303 (+478) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 796 nafarni tashkil qildi.

 

    Boshqa yangiliklar