AsosiyJamiyat

Namanganda mashina boshqarib ketayotgan 22 yoshli ayol piyodaning o`limiga sababchi bo`ldi

'Namanganda mashina boshqarib ketayotgan 22 yoshli ayol piyodaning o`limiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

Joriy yil 14 iyul kuni soat 21:30 larda, Cho`ja-Haqqulobod yo`lining 16 km.da, Norin tumani Qozoqovul MFY hududida 1999 yilda tug`ilgan ayol "Neksiya" rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 1964 yilda tug`ilgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyul kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar