Bugun, 18 iyul kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o`rinbosari Nurmat ATABEKOV yurtimizdagi vaksinasiya jarayonlariga kiritilgan eng so`nggi o`zgarishlar haqida "O`zbekiston 24" telekanalida intervyu berdi.
Unga ko`ra, 12 iyuldan keyin O`zbekiston koronavirus kasallik ko`rsatkichida yana ko`tarilish kuzatilmoqda.
" - Har kuni yuzlab, minglab odamlar shifoxonaga tushyapti. Afsuski shifoxonada davolanayotgan orasida hayotdan ko`z yumganlar ham bor.
Bunday vaziyatda dunyo e`tirof etayotgan pandemiya, epidemiyaga qarshi kurashishning yagona yo`li - emlash hisoblanadi. Aholining 60-70 foizida jamoaviy immunitet shakllantirmas ekanmiz, vaziyatga ijobiy ta`sir qilish imkonsiz.
1 sentyabrgacha 18 yoshdan yuqorilarni ommaviy emlash tadbirlari boshlanadi. 1-bosqich 1-sentyabrgacha; 2-bosqich 1-oktyabrgacha va 3-bosqich 1-noyabrgacha amalga oshiriladi", - dedi Nurmat ATABEKOV.






