AsosiyJamiyat

Nega uyda o`tirgan, ishlamaydigan fuqarolar majburiy emlanmayapdi?

'Nega uyda o`tirgan, ishlamaydigan fuqarolar majburiy  emlanmayapdi?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2015 yil 15 martda tasdiqlangan 0239-07-sonli “Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi” sanitariya qoidalari va normalaridagi epidemiologik ko`rsatma asosida emlash jadvaliga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi yuzasidan qo`shimcha kiritildi.

️Unga asosan, 18 yoshdan katta bo`lgan 14 toifa vakillari koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanishlari shart qilib belgilab qo`yildi. 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o`rinbosari Nurmat ATABEKOV bu ro`yxatga nega uyda o`tirgan, ishlamaydigan fuqarolar kiritilmaganiga "O`zbekiston 24" telekanali orqali izoh berdi.

" - Koronavirus kasalligining asosiy yuqish yo`li bu asosan muloqot yo`li hamda havo tomchi yo`lidir. Demak kasallikni boshqalarga yuqtirib qo`yish, ya`ni tarqatish ehtimolidan kelib chiqib, aynan mana shu 14 toifa vakillari  xavf ostidagi guruh deb belgilangan. 

    Boshqa yangiliklar