AsosiyJamiyat

Namanganda motosikl ikki piyodani urib ketdi

'Namanganda motosikl ikki piyodani urib ketdi'ning rasmi

Joriy yil 7 iyul kuni soat 21:30 larda, G`urumsaroy-Chodak-Guliston yo`lining 36 km.da, Pop tumanida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan fuqaro Ural rusumli motosiklini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`l chetida turgan, Uychi tumanida yashovchi, 2001 va 1996 yilda tug`ilgan fuqarolarni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, piyodalar bel sohasini lat eyishi va o`tirg`ich suyagining sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 iyul kuni O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar