O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federal Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakat g`arbida ro`y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan ta`ziya yo`lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog`ayib ketishini tiladi.






