AsosiyJamiyat

Muftiy Usmonxon Alimov og`ir ahvoldami? Musulmonlar idorasi izoh berdi

'Muftiy Usmonxon Alimov og`ir ahvoldami? Musulmonlar idorasi izoh berdi'ning rasmi

Shu kunlarda internet va ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to`g`risida turli xabarlar tarqalmoqda. 

O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ushbu xabarlar asossiz va haqiqatga zid ekanini ma`lum qildi.

"Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog`liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o`tkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.

Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to`g`ri kelmaydigan yolg`on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo`lishini yana bir bor eslatamiz" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar