Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda aholidan kelgan ushbu savolga quyidagicha javob berildi:
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo`lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko`ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo`yicha yoki o`z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O`zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to`g`risida qaror chiqarishga haqli.






