AsosiyJamiyat

Rossiyada olgan haydovchilik guvohnomasi bilan O`zbekistonda mashina boshqarish mumkinmi?

'Rossiyada olgan haydovchilik guvohnomasi bilan O`zbekistonda mashina boshqarish mumkinmi?'ning rasmi

Bugun AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda  aholidan kelgan ushbu savolga quyidagicha javob berildi: 

"Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta`lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o`quv guruhlarini ro`yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o`tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to`g`risidagi nizomning 74-bandiga asosan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasi hududida faqat O`zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.

Shuningdek, Nizomning 76-bandiga ko`ra boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning hamda O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini O`zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy ko`rikdan o`tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so`ng, O`zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi". 

    Boshqa yangiliklar