Bugun, 19 iyul - dushanba, barcha uchun ish kuni. Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham, 6 kun ishlaydiganlar ham bugun ishga chiqishlari kerak.
Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga Qurbon Hayitining ilk kuni, ya`ni ishlanmaydigan bayram kuni, bugun esa arafa. Demak, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.






