Pokistonda yo`lovchi avtobusi va og`ir yuk tashuvchi transport vositasining to`qnashuvi natijasida kamida 27 kishi halok bo`ldi va 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda ARY Newsga tayanib Samarqand viloyati FVB xabar bermoqda.
Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, voqea mamlakat sharqidagi Panjob provinsiyasida sodir bo`lgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar etib kelishgan, yaradorlar yaqin atrofdagi kasalxonaga yotqizilgan.