AsosiyJamiyat

Epidemiologik ko`rsatma bo`yicha profilaktik emlash nima?

'Epidemiologik ko`rsatma bo`yicha profilaktik emlash nima?'ning rasmi

 “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risida”gi Qonunning 33-moddasiga ko`ra  Profilaktik emlashlar profilaktik emlashlarning milliy kalendariga (taqvim) muvofiq, shuningdek epidemik ko`rsatkichlar bo`yicha o`tkaziladi.

Har bir davlatda yuqumli kasalliklarga qarshi emlashni tashkil etish tegishli taqvimga (jadval) asosan amalga oshiriladi. Mazkur jadvallarda yuqumli kasalliklarga qarshi kimlar, qachon va qaysi paytda emlanishi lozimligi yuzasidan ko`rsatmalar aks ettiriladi.

Xuddi shunday, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan yuqumli kasalliklarga qarishi emlashni tashkil etish yuzasidan profilaktik emlashlarning milliy kalendari (taqvimi) va Epidemiologik ko`rsatma bo`yicha profilaktik emlash kalendari tasdiqlangan.

Bugungi kunda profilaktik emlashlarning milliy kalendariga (taqvimiga) ko`ra profilaktik emlash bilan chaqaloqlar 1-kunligida VGV-1, 2–5 kunligida BSJ-1, 2–4 oyligida, 12 oyligida, 16 oyligida, shuningdek 6 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan davrda turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun emlashlardan o`tkaziladi.

Shuningdek, Epidemiologik ko`rsatma bo`yicha profilaktik emlash kalendariga ko`ra 13 ta kasallik turlari bo`yicha kelib chiqishi mumkin bo`lgan epidemiologik xavfning oldini olish maqsadida, emlanishi lozim bo`lgan kontingentlar ro`yxati tasdiqlangan.

 Xususan, ushbu ro`yxatda gripp, shol, qizamiq va qizilcha, bo`g`ma va boshqa epidemiologik kasalliklarga qarshi emlanishi lozim bo`lgan kontingentlar ro`yxati belgilangan.

 Xuddi shunday, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib koronavirusga qarshi profilaktik emlash ham Epidemiologik ko`rsatma bo`yicha profilaktik emlash kalendariga kiritildi. 

    Boshqa yangiliklar