Guliston davlat universitetida joriy o`quv yilidan boshlab davolash ishi va pediatriya bo`yicha ta`lim yo`nalishlari joriy etildi. Bu haqda universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsinjon Xodjiev mazkur oliy ta`lim muassasasida o`tkazilgan matbuot anjumanidagi ma`lumotlarga tayanib, "Xalq so`zi" ma`lum qildi.
Yangi ochilgan tibbiyot fakulteti uchun o`qituvchi-professorlar tarkibi mahalliy olim-shifokorlar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasidan jalb qilinayotgan yosh ilmiy xodimlar hisobiga shakllantirilmoqda. Dastlabki o`quv yilida har ikkala yo`nalish bo`yicha 25 nafardan talaba qabul qilinishi belgilagan. Aytish lozimki, ushbu fakultet Prezidentimizning 2020 yil 12 noyabrdagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog`liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora –tadbirlari to`g`risida»«gi qarori asosida tashkil etildi.