AsosiyJamiyat

Surxondaryoda mezbon o`z mehmonining pullarini o`g`irladi

'Surxondaryoda mezbon o`z mehmonining pullarini o`g`irladi'ning rasmi

9 iyun kuni, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi, J.Lochin tuman IIBga jinoyat ishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Fuqaro o`z arizasida 8 iyundan 9 iyun kuniga o`tar kechasi, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi, Sh.Elyoraning yashash uyiga mehmonga borganida, uning uyida “Redmi note 8” rusumli qo`l telefoni qolib ketganligini va Sh.Elyora 9 iyun kuni soat 16.30 da, ushbu “Redmi note 8” rusumli qo`l telefonidagi “Click” dasturi orqali 400.000 so`m pulini echib olganligini ma`lum qilgan.

4 iyul kuni Sh.Elyoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar