Xabaringiz bor, yaqinda tegishli sohaga mas`ul tashkilotlar taklifiga ko`ra, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20 iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish ob`ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.
Shuningdek, yana bir kiritilgan o`zgarishga ko`ra, shu yil 20 iyuldan agar to`yxonalar(restoranlar)da oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni ochiq havoda o`tkazish imkoni bo`lmagan taqdirda sanitariya va gigiena talablariga qatiy rioya etgan holda 50 kishidan ko`p bo`lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o`tkazishga ruxsat beriladi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar bermoqda.
Umumiy ovqatlanish ob`ektlari – restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni etkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo`lgan vaqtlarda shug`ullanishlariga ruxsat beriladi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval 1 avgustdan boshlab to`y va marosimlarni 50 kishidan ko`p bo`lmagan holda o`tkazish belgilangan edi.






