Koronavirusning kelib chiqishi faqat tabiiy bo`lishi mumkin. Xuddi shunday xulosaga xitoylik olimlar tomonidan kelindi, deb yozmoqda "Science China Life Sciences"ga tayanib "Xalq so`zi".
Xabarga ko`ra, Xitoyda o`rganishlar olib borayotgan 20 dan ortiq mahalliy olimlar va ingliz tadqiqotchisi koronavirus tabiiy kelib chiqqani haqida xulosa qilishgan.
Ularning ta`kidlashicha, "SARS-CoV-2" virusi 2003 yilgi "SARS-CoV" namunasi bilan taqqoslaganda odam populyasiyasiga juda moslashgan. "COVID-19" tarqalishidan oldin patogen inson populyasiyasida qandaydir evolyusiyani boshidan kechirgan.
"SARS-CoV-2" katta shaharda hayvonot bozorida rivojlana olmadi va hatto laboratoriyada ham. "SARS-CoV-2"ning kelib chiqishi muhokama qilinganda, moslashuvchan siljishning uzoq jarayonini hisobga olish kerak", deyiladi maqolada.






