AsosiyJamiyat

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahri Olmazor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda «Navbatchilik qismi» ko`rsatuvida ma`lum qilindi.

Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo`lida piyodani belgilanmagan joydan o`tishi oqibatida 5 ta avtomobil oraliq masofani saqlay olmay to`qnashgan. Hech bir haydovchi tan jarohati olmagan.

«Elim idish ko`targan 50 yoshli odam yo`limni kutilmaganda kesib o`tdi. Shunda qattiqroq to`xtab yubordim», — deydi Damas haydovchisi.

5 ta avtomobil — ikki Damas, Spark, «Gazel» hamda Malibu turli darajada shikastlangan.

    Boshqa yangiliklar