AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyat maxsus komissiyasi qarori o`z kuchini yo`qotdi

'Qashqadaryo viloyat maxsus komissiyasi qarori o`z kuchini yo`qotdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, yaqinda voha ahli talabidan kelib chiqib, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev taklifiga ko`ra, viloyatimizda kafe va restoranlar soat 22:00ga qadar faoliyat yuritayotgan edi.

 Endilikda mazkur tartib bekor bo`ldi, deya xabar bergan viloyat hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.

Eslatib o`tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, joriy yil 20 iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish ob`ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan restoran va kafelar bundan mustasno) ruxsat berilgan edi.

Endilikda ushbu tartib 20 iyuldan viloyatimizdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib, endi Qashqadaryoda ham amal qiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar