1

Bugun O`zbekistonda 43 daraja issiq bo`ladi, Farg`ona vodiysida yomg`ir yog`ishi mumkin

Jamiyat 21.07.2021, 08:35
Bugun O`zbekistonda 43 daraja issiq bo`ladi, Farg`ona vodiysida yomg`ir yog`ishi mumkin

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 41-43° atrofida bo`lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° ni tashkil etadi.

Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1