1

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga! 31 iyulgacha takliflaringizni to`g`ridan-to`g`ri Prezidentga yo`llash imkoniyatiga egasiz!

Jamiyat 21.07.2021, 09:10
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga! 31 iyulgacha takliflaringizni to`g`ridan-to`g`ri Prezidentga yo`llash imkoniyatiga egasiz!

Yaqin kunlarda Tadbirkor va ishbilarmonlarni qo`llab-quvvatlash masalalari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan ochiq muloqot o`tkazish rejalashtirilmoqda.

Muloqotda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning echimlari, respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo`yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.

Shu munosbaat bilan, tadbirkorlar va ishbilarmonlar joriy yil 20 -31 iyulgacha biznesini kengaytirish va rivojlantirish borasidagi g`oya va takliflarini to`g`ridan-to`g`ri O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo`llash imkoniyatiga ega.

- Murojaatlarni tumaningizdagi tadbirkorlik murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalari;

- Shtab “Call-markazi”ning 11-00, (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari;

- Internet tarmoqlari orqali:

       Telegram: https://t.me/uzchamber  

       yoki @taklif_bot telegram boti;

       Veb-sayt: www.chamber.uz;

       Facebook: www.facebook.com/uzchamber;

       Instagram: www.instagram.com/uzchamber;

       E-mail: info@chamber.uz etkazish mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, A.Temur ko`chasi, 4-uy. Indeks: 100047

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1