1

Navoiy aeroportida Rus imperiyasi tangalarining olib chiqilishiga chek qo`yildi

Jamiyat 21.07.2021, 10:36
Navoiy aeroportida Rus imperiyasi tangalarining olib chiqilishiga chek qo`yildi

Navoiy viloyati bojxona boshkarmasi “Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro P.S hamda D.Tlarning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxslar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, ushbu fuqarolarga tegishli bo`lgan sumka ichida, deklarasiyada ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 14 dona tanga va 8 dona qog`oz kupyuralar borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holatda fuqarolar O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi 678-I-sonli Qonunning 8-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi Nizom talablarini buzishga urinishgan va ular kupyuralarni noqonuniy tarzda olib chiqishga urinishgan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1