AsosiyDunyo

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon og`ir judolikka uchradi

'Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon og`ir judolikka uchradi'ning rasmi

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning singlisi Qurbonbi Rahmonova vafot etdi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar berilgan, deya yozmoqda "Sputnik Tadjikistan"

Aniqlik kiritilishicha, Rahmonning singlisi 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayitida vafot etgan. U 64 yoshda edi.

Siyosatchining qarindoshi o`limining sabablari aytilmagan. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko`ra, bu koronavirus bo`lishi mumkin.

Mamlakat hukumati Tojikiston prezidentiga, farzandlari, Rahmonovaning qarindoshlari va do`stlariga qarindoshining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Avvalroq Emomali Rahmonning qaynonasi O`zbekbi Asadulloevaning vafoti haqida ma`lum bo`lgandi. O`limidan oldin prezident rafiqasining onasi bir necha kun nafas olish apparati ostida bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar