Buxoro viloyati IIBning xabar berishicha, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali mansabdori “Osiyo taraqqiyot banki” mablag`lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag`larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsad qilgan.
Bir guruh shaxslar ya`ni,“G.B.A.” MChJ rahbari, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali boshqa mansabdorlari, “Asakabank” AJ bosh ofisi mansabdor shaxslari hamda “K.s” MChJning mansabdorlari bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, “Asakabank” AJning 2017 yilga mo`ljallangan Kredit siyosatida belgilangan kredit ajratishning umumiy mezoni talablariga zid ravishda, kredit summasining garov ta`minoti bilan etarli miqdorda ta`minlanmaganligini bila turib, kredit yig`ma jildidagi ayrim hujjatlarni qalbakilashtirgan.
2 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan va uning qaytarilishini ta`minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga kreditning asosiy qismi to`lanmaganligi natijasida 1 mln. 282 ming 630 AQSh dollari (ekvivalentda 13 mlrd. 579 mln. 014 ming 062 so`m) va foiz va penya qarzdorligi hisobidan 358 ming 084 AQSh dollari (ekvivalentda 3 mlrd. 790 mln. 986 ming 253 so`m) miqdorida zarar etkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.