Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, bugun O`zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi olib kelindi. Bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:
- 27 martda — 1 million doza,
- 27 aprelda — 1 million doza,
- 18 mayda — 1 million doza,
- 19 mayda — 500 ming doza,
- 10 iyunda — 1 million doza,
- 29 iyunda — 1 million doza,
- 30 iyunda — 1 million doza,
- 20 iyulda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, jami vaksina zaxiramiz 9 million 580 ming dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 370 ming dozasi "Sputnik V",
- 710 ming dozasi AstraZeneca,
- 8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.






