1

Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtihonlari sanasi ma`lum qilindi

Jamiyat 22.07.2021, 09:30
Teglar: Ixtisoslashgan maktablar
Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtihonlari sanasi ma`lum qilindi

Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim muassasalarining 5- va 7-sinflariga qabul imtihonlari joriy yilning 29-30 iyul kunlari o`tkazilishi belgilandi. Bu haqida Xalq ta`limi vazirligi va Davlat test markazining qo`shma qarori imzolandi.

Saralash tanlovlari ochiq katta pavilon (hiyobon, maydon)larda karantin qoidalariga rioya etgan holda Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladi.  

Har bir fan yo`nalishida jami 30 tadan test savollari beriladi va 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, test sinovlari boshlanguniga qadar qo`shimcha 20 daqiqa vaqt tushuntirish uchun ajratiladi.  

Saralash tanlovlari natijalariga ko`ra o`quvchilar ballar ketma-ketligi asosida belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Eslatib o`tamiz, bu yilgi saralash tanlovlarida 106 mingdan ortiq talabgorlar ishtirok etadi va tanlov natijalariga ko`ra 34050 nafar iqtidorli o`quvchilar ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1