1

Andijon va Buxoroning ikki tumanidagi IIBga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat 22.07.2021, 09:45
Teglar: Ichki ishlar vazirligi
Andijon va Buxoroning ikki tumanidagi IIBga yangi rahbarlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, podpolkovnik Jaloldinov Rustam Zuxurdinovich Andijon viloyati, Xo`jaobod tumani IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Jaloldinov shu erning o`zida IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari-tezkor-qidiruv xizmati boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari mayor Vafaev Farxod Axatovich Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani IIB boshlig`i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Vafaev Kogon tumani IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Sharhlar

Ichki ishlar vazirligi 1 dekabrdan hujjatlarni rasmiylashtirishda qo`shimcha haq evaziga uyga chaqirish orqali xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yadi

27.08.2022, 09:57

Aholiga ko`rsatiladigan davlat xizmatlarining shaffofligini ta`minlash, soddalashtirish, fuqarolarning sarsongarchiligini oldini olish, shuningdek, muhtoj qatlamni yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga...
Oqqo`rg`ondagi bog`chada bolalar zaharlanishi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

05.09.2021, 22:10

Bugun, 4 sentyabr kuni Kun.uz nashri Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida bog`cha bolalarining ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan o`zining surishtiruv natijalarini e`lon qildi.Mazkur holat yuzasidan IIBB Axborot...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1