AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 million 27 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to`liq emlandi

'O`zbekistonda 1 million 27 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to`liq emlandi'ning rasmi

Avvalroq, Toshkentda 98 mingdan ortiq aholi koronavirusga qarshi to`liq bosqichda emlangani haqida xabar bergan edik. 

Sog`liqni saqlash qazirligi axborotiga ko`ra, ️21 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 64 755  doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 53 141 nafarni,  

2-bosqich emlanganlar 7 417 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 4 197 nafarni tashkil qildi.

 ️Ayni kungacha mamlakatimizda jami  

5 868 010 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 3 721 120 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 1 560 929 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 585 961  nafarni tashkil qildi.  

️Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 027 927 nafarni tashkil qilmoqda.

21 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

Namangan viloyati (20 151 doza),

Buxoro viloyati (11 354 doza),

Andijon viloyati (11 205  doza) band qildi.  

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

Namangan viloyatida 772 228 doza,  

Farg`ona viloyatida 758 371 doza,  

Andijon viloyatida 654 020  dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Boshqa yangiliklar