AsosiyJamiyat

Elmira Basitxanova – hatto bir haftalik chaqaloqlar ham koronavirusga chalinish holatlari uchramoqda

'Elmira Basitxanova – hatto bir haftalik chaqaloqlar ham koronavirusga chalinish holatlari uchramoqda'ning rasmi

Avvalroq, O`zEOAVMA tomonidan “Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusidagi Ochiq muloqot o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Ochiq muloqotda Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Basitxanova yangi tug`ilgan chaqoloqlarning ham koronavirusga chalinayotganiga izoh berdi.

"Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida o`tgan yili bolalar bo`limi ochilmagan edi. Bunga sabab koronavirusning avvalgi shtammlari bolalarda juda kam aniqlangani edi. Bugunga kelib ushbu shifoxonalarda bolalar bo`limini tashkil etishga to`g`ri keldi. Bu bolalarda koronavirusning ko`proq aniqlanayotgani bilan bog`liq.

Yangi tug`ilgan chaqaloqni hamma qo`lga olib ko`rishga urinishi bilan bog`liq odatlar sabab hatto bir haftalik chaqaloqlar ham koronavirusga chalinish holatlari uchramoqda. Bu borada yangi tug`ilgan chaqaloqni 40 kun chillada saqlash kabi urf-odatlarimiz ularni koronavirusdan himoya qilish omili bo`lishi mumkin",–dedi Basitxonova.

Boshqa yangiliklar